Artel kompaniyasidan mikro kutubxona va navbatdagi yangi xayriya loyihasi

Artel kompaniyasidan mikro kutubxona va navbatdagi yangi xayriya loyihasi

Xabaringiz bor, Artel kompaniyasi xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni kitob bilan do‘stlashtirish, kitob orqali o‘zaro muloqotni mustahkamlash, kitob o‘qishga mehr uyg‘otish, aholini bevosita kitob bilan oshno qilish va vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga munosib hissa qo‘shishni maqsadida "Kitob uychalari" loyihasini yo‘lga qo‘ygan va o‘tgan yili "Botanika" bog‘ida 20 ta kitob uychalarini o‘rnatgandi.

Kompaniya ushbu loyihani davom ettirishga qaror qildi. Bugun, 18-iyun kuni "Moviy gumbazlar" xiyobonida mikro kutubxona vazifasini bajaruvchi "Kitob uychalari"ning navbatdagi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotni Artel kompaniyasi boshqaruv raisining moliya ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Bektemir Murodov ochib berdi.

“Ayni damda poytaxtimizning yana 4 ta hududida jami 10 ta "kitob uychalari"ni o‘rnatyapmiz.

Shuningdek, "Yosh kitobxon klubi" xayriya loyihasiga start berdik. Bu loyihadan ko‘zlangan maqsad respublikamizdagi barcha tashkilotlarni hamda xususiy sektor vakillarini o‘z ijtimoiy mas’uliyatlarini his qilgan holda, har tomonlama ko‘makka muhtoj bolalarga mana shu loyiha orqali biror bir muammoga xayriya asosida yechim topishga undashdir", dedi Bektemir Murodov.

Taqdimotda bir qator taniqli ijodkorlar, yozuvchilar ham ishtirok yetishdi. Yangi kitob uychalari kitob bilan to‘ldirildi.

Shu bilan birga, Artel kompaniyasi tomonidan "Yosh kitobxon klubi" xayriya loyihasiga ham start berildi. Bu loyihadan ko‘zlangan maqsad respublikamizdagi barcha tashkilotlarni hamda xususiy sektor vakillarini o‘z ijtimoiy mas’uliyatlarini his qilgan holda, har tomonlama ko‘makka muhtoj bolalarga mana shu loyiha orqali biror bir muammoga xayriya asosida yechim topishga undashdir. Estafeta tayoqchasi ayni damda bizda. Artel kompaniyasi ushbu loyihani onkogolik kasallikka chalingan bolalar shifoxonasida o‘tkazadi va estafeta tayoqchasini loyihani qo‘llab-quvvatlashni istagan boshqa bir tashkilotga topshiradi.

Ma’lumot uchun, Artel kompaniyasi bu gal to‘rtta hududda hami 10 ta, jumladan, “Moviy gumbazlar” xiyobonida 4 ta, Adiblar xiyobonida 2 ta, Yapon bog‘ida 3 ta va Respublika onkologik kasalliklar shifoxonasi hududida 1 ta kitob uychalarini o‘rnatmoqda.

Artel kompaniyasi yurtimizdagi mutolaa madaniyatini yanada oshirishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida boshlagan yangi loyihasini kitobni nonday aziz bilgan xalqimiz qo‘llab-quvvatlab, uni rivojlantirishda jonbozlik ko‘rsatishiga umid qilamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!