"Arsenal" "Manchester Siti" hujumchisini sotib olmoqchi

"Arsenal" "Manchester Siti" hujumchisini sotib olmoqchi

"Manchester Siti"ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus "Arsenal"ga o‘tishi mumkin, deya xabar beradi Goal.

Manbaga ko‘ra, London klubi futbolchi uchun talab qilinadigan 50 million yevroni to‘lashga tayyor. Avvalroq, hujumchiga "Chelsi" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

25 yoshli Jezus o‘tgan mavsumda "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 41 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol urdi va 12 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!