"Arsenal" "Barselona" yulduzi uchun yirik taklif bilan chiqishga tayyor
"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Fermin Lopes Angliyaning bir qator top-klublari e’tiborini tortmoqda. El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi jiddiy qiziqish bildirgan.
Manbaning qayd etishicha, "kanonirlar" 23 yoshli ispaniyalik uchun "Barselona"ga 100 million yevrodan ziyod taklif kiritishni rejalashtirmoqda. Agar transfer amalga oshsa, "Arsenal" Ferminga hozirgi maoshidan ancha yuqori shartlarni taklif qilishga tayyor.
Futbolchiga "Chelsi" ham qiziqmoqda. Biroq Ferminning asosiy istagi "Barselona"da qolish hisoblanadi. Shu bilan birga, yarim himoyachi klubdagi ahamiyatiga mos ravishda maoshi oshirilishini xohlamoqda.
Fermin joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida oltita uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Uning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.
