"Arqadag‘li xalq davri": Turkmanistonda 2022 yil shiori ma’lum bo‘ldi

"Arqadag‘li xalq davri": Turkmanistonda 2022 yil shiori ma’lum bo‘ldi

Turkmanistonda 2022 yil shiori “Ardag‘li xalq davri” bo‘ladi. Bu haqda TDH davlat axborot agentligi xabar berdi.

Turkmaniston jamoat tashkilotlari markazida “Tinchlik va ishonch yili: Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning tinch ichki va tashqi siyosati tantanasi” deb nomlangan yig‘ilishda ushbu shior muhokama qilindi. Tadbirda parlament va xalq maslaxati (ikki palatasi) deputatlari, jamoat tashkilotlari va rasmiy OAV vakillari, ishlab chiqarish xodimlari, oqsoqollar va yoshlar ishtirok etdi.

“Suveren Vatanimiz erishayotgan muvaffaqiyatlar davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlab olib borayotgan siyosati samarasidir", – deyiladi TDH ma’lumotida. Agentlikning qayd etishicha, shu sababli “2022 yil shiorini yetakchi Arqadag‘ nomi bilan bog‘lashga qaror qilingan”.

Turkmanistonda 2021 yil shiori “Turkmaniston tinchlik va ishonch vatani” iborasi, 2020 yil shiori “Turkmaniston betaraflik vatani”, 2019 yil shiori “Turkmaniston farovonlik vatani” bo‘ldi. 2018 yilning shiori Berdimuhamedov kitobining nomi bo‘ldi: “Turkmaniston – Buyuk Ipak yo‘lining yuragi”. 2017 yil “Salomatlik va ilhom yili”, 2016 yil esa “Merosni e’zozlash, Vatanni o‘zgartirish yili” bo‘ldi.

“Homiy” degan ma’noni anglatuvchi “Arqadag‘” unvoni Berdimuhamedovga 2007 yilda hokimiyatga kelganidan ko‘p o‘tmay berilgan edi. Shunday qilib, 2006 yilda vafot etgan birinchi prezident Saparmurod Niyozovga nisbatan qo‘llanilgan Turkmanboshi (“Barcha turkmanlarning boshlig‘i”) unvoni uning shaxsiyligi bo‘lib qoldi va uning o‘rniga o‘tmagan. Turkmanistondagi rasmiy tadbirlarda “Arkadagu shohrat!” shiori yangraydi ("Arqadag‘ga shon-sharaf!").


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!