Arnold Shvarsenegger birinchi marta nabirali bo‘ldi

Arnold Shvarsenegger birinchi marta nabirali bo‘ldi

Amerikalik aktyor Kris Pratt yana otaga aylandi. Uning rafiqasi, aktyor Arnold Shvarseneggerning qizi, yozuvchi Ketrin farzandini dunyoga keltirdi.

Bu haqda Ketrinning akasi Patrik ET nashriga xabar berdi.

"Ularning ahvoli juda yaxshi", deya ma’lum qilgan Patrik. Ammo chaqaloqning jinsini ochiqlamagan.

Ma’lumot o‘rnida, Kris Pratt va Ketrin Shvarsenegger 2019 yilning yozida turmush qurishgan. Bu Prattning ikkinchi nikohi bo‘lib, aktyor ilgari aktrisa Anna Ferisga uylangan. Juftlikning yeti yoshli Jek ismli o‘g‘li bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!