ArMI-2022: O‘zbekiston yana ikki yo‘nalishdagi musobaqalarni ishonchli g‘alaba bilan boshladi

ArMI-2022: O‘zbekiston yana ikki yo‘nalishdagi musobaqalarni ishonchli g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekiston jamoasi Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkaziladigan “Elbrus halqasi” musobaqasini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

Birinchi shart yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 811 ball to‘plab, Abxaziya, Rossiya, O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Uganda va Janubiy Osetiyani ortda qoldirdi.

Bu birinchi shart bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natija. Hali oldinda yana bir-biridan murakkab 15 ta shart bor.

Bundan tashqari, O‘zbekiston harbiylari Jizzaxdagi "Forish" poligonida o‘tkazilayotgan “Dala oshxonasi” musobaqasining dastlabki bosqichi, ya’ni “Otish tayyorgarligi” bahslarida muvaffaqiyatli qatnashishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra umumjamoa hisobida quyidagi natijalar qayd etildi: O‘zbekiston - 92,8 ball; Vyetnam - 83,5 ball; Rossiya - 72,2 ball; Belarus - 71,5 ball; Tojikiston - 62,0 ball.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!