“ArMi-2022”. O‘zbekiston harbiylari eng kuchli uchlikda

“ArMi-2022”. O‘zbekiston harbiylari eng kuchli uchlikda

Uchlikda shuningdek, Rossiya, Belarus harbiylari joy oldi. Bu haqda Armiya o‘yinlari bosh hakami, general-polkovnik Aleksandr Lensov ma’lum qildi.

“Otlar marafoni”da Mo‘g‘uliston birinchi, Rossiya va O‘zbekiston 2-chi, Zimbabve terma jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

“Elbrus halqasi” musobaqasida Rossiya yetakchi, undan keyin O‘zbekiston va Xitoy.

Sankt-Peterburgda “Harbiy tibbiy estafeta” musobaqasi davom etmoqda. “Individual mahorat” bosqichining 4-mashqini yakunlaganidan so‘ng kuchli uchlik o‘zgarishsiz qoldi – Rossiya, O‘zbekiston va Belarus.

“Qutb yulduzi” maxsus bo‘linmalari musobaqasida Belarus jamoasi yetakchilik qilmoqda, undan keyin Rossiya va O‘zbekiston.

“Forish” poligonida “Qurol ustasi” musobaqasida ishtirok etayotgan jamoalar 23 mm kalibrli ZU-23 zenit qurolini ta’mirlash bo‘yicha bahslashdi. O‘zbekiston mutaxassislari yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Rossiya harbiylari ikkinchi natijani ko‘rsatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!