“ArMI-2022”: Sankt-Peterburgda “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasiga tayyorgarlik qizg‘in ketmoqda

“ArMI-2022”: Sankt-Peterburgda “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasiga tayyorgarlik qizg‘in ketmoqda

Ketma-ket uch yildan buyon “Harbiy-tibbiy estafeta”da birinchilikni qo‘ldan boy bermay kelayotgan O‘zbekiston jamoasi ayni vaqtda g‘oliblik uchun Rossiyaning Sankt-Peterburg viloyatida joylashgan Krasnoye Selo shahri S.M. Kirov nomidagi Harbiy-tibbiy akademiya o‘quv bazasida mashg‘ulotlarni boshlagan.

Dunyoning turli burchaklaridan — Zimbabvedan tortib Vetnamgacha bo‘lgan davlatlardan yig‘ilgan 16 jamoa musobaqada yuqori mahorat va haqiqiy professionallikni namoyon etish maqsadida tayyorgarlik jarayonlariga kirishgan. Ular orasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligining jamoalari ham bor bo‘lib, harbiy xizmatchilarimiz hozirda o‘zlariga biriktirilgan texnika va qurol-yarog‘larni qabul qilib olib, poligonda sharoitlar bilan tanishib chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!