Armanistonning KXSHTdan chiqishi talab etilmoqda

Armanistonning KXSHTdan chiqishi talab etilmoqda

Yakshanba kuni Yerevan markazining Ozodlik maydonida bir necha yuz faollar, shu jumladan g‘arb jamg‘armalari tomonidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlari Armanistonning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)dan chiqishi talabi bilan miting o‘tkazdi. Aksiya mahalliy portallar tomonidan real vaqt rejimida namoyish qilindi.

“Biz bu yerda yagona kun tartibi bilan yig‘ildik – hukumatimizdan talabimiz – Armaniston KXSHT a’zoligidan chiqishi kerak. Shundan so‘ng biz haqiqiy ittifoqchilarimiz bilan mamlakatimiz xavfsizligini ta’minlash imkoniyatlari bo‘yicha muzokaralarni boshlaymiz”, dedi nomoyish ishtirokchilaridan sosiolog Karen Sarkisyan.

Namoyishda"Sasna srer" harbiylashgan guruhining siyosiy qanoti “Milliy birlashish qutbi” partiyasi vakillari ham qatnashmoqda. Ilgari xabar berilganidek, aynan shu guruh jangarilari 2016 yilning yozida Yerevanda polisiyaga hujum qilgan va uning natijasida uch xodim xalok bo‘lgan edi.

Ozarbayjon bilan chegaradagi vaziyat keskinlashganidan keyin Armanistonga yetib kelgan general-polkovnik Anatoliy Sidorov boshchiligidagi KXSHT missiyasi hozirgacha Yerevanda bo‘lib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!