Armanistondagi saylovlar vaqtida otishma sodir bo‘ldi

Armanistondagi saylovlar vaqtida otishma sodir bo‘ldi

Armanistonning Ararat viloyatidagi saylov uchastkasida otishma bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Interfaks polisiyaga tayanib.

"Ararat viloyati, Azatashen qishlog‘ida, 11/11 saylov uchastkasi yaqinida o‘q uzildi", deyiladi xabarda.
Polisiya mojaro ikki partiya tarafdorlari o‘rtasida sodir bo‘lganligini aniqladi. O‘q otilgan gazli avtomat musodara qilindi. Huquq-tartibot idoralari tergovni boshladi.

20 iyun kuni Armanistonda muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda, unda 21 partiya va to‘rt blok ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!