Armanistonda harbiy qismda yong‘in chiqib, 15 kishi halok bo‘ldi

Armanistonda harbiy qismda yong‘in chiqib, 15 kishi halok bo‘ldi

19 yanvar kuni Armanistonning Gegarkuniksk viloyati Azat qishlog‘idagi harbiy qism kazarmasida yong‘in sodir bo‘lib, 15 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. 3 nafar harbiy xizmatchining ahvoli og‘ir, deb xabar berdi Armenpress.

«19 yanvar kuni soat 01:30da Armaniston Respublikasi Mudofaa vazirligining N harbiy boshqarmasiga qarashli injener-saper rottasi kazarmasida noma’lum sharoitda yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar bor», — deyiladi agentlik xabarida.

Voqea sabablari aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!