Armaniston «Xotira bog‘i» xalqaro aksiyasiga qo‘shildi

Armaniston «Xotira bog‘i» xalqaro aksiyasiga qo‘shildi

Armaniston poytaxti Yerevanda Ulug‘ Vatan urushida halok bo‘lganlar xotirasiga daraxt ekilmoqda.

Birinchi nihol Yerevan meri va Rossiya Federasiyasining elchisi tomonidan ekildi.

Hammasi bo‘lib, «Xotira bog‘i» xalqaro aksiyasi doirasida qurbonning xotirasiga 27 million daraxt ekish rejalashtirilgan.

«Biz nafaqat butun tarixni, balki bugungi kunda bu yerda yashashimiz uchun jonini bergan har bir kishini  yodda tutishimiz kerak»  - deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, aksiya 18 mart kuni Rossiyada boshlanib, 28 martda xalqaro darajaga ko‘tarildi - Qirg‘iziston unga qo‘shildi, endi estafeta Armanistonga topshirilgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!