Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Nyu-Yorkda uchrashadi

Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Nyu-Yorkda uchrashadi

Uchrashuv bugun, 19 sentyabr kuni AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken vositachiligida bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi Armaniston TIV.

Avvalroq AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Armaniston poytaxti Yerevanga kelgan edi.

“AQSh Armanistonning chegaralarini o‘zgarishiga qarshi va unga yordam berishda davom etadi. Ammo qaror Armaniston tomonidan qabul qilinadi va agar u qabul qilinsa, Qo‘shma Shtatlar unga yordam berishga tayyor”, — dedi u Yerevanda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!