Armaniston prezidenti ma’muriyati rahbari lavozimidan ketdi

Armaniston prezidenti ma’muriyati rahbari lavozimidan ketdi

Armaniston prezidenti ma’muriyati rahbari Emil Tarasyan o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etildi.

«Emil Tarasyan Armaniston Respublikasi Prezidenti ma’muriyati rahbari lavozimidan ozod etilsin», — deyiladi Armaniston prezidenti farmonida.

Farmonni prezident Armen Sarkisyan iste’foga chiqishini e’lon qilishdan avval imzolagan.

Yakshanba kuni Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan iste’foga chiqishini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, «prezidentda mamlakat va millat uchun hozirgi og‘ir davrda ichki va tashqi siyosatning fundamental jarayonlariga ta’sir o‘tkazish uchun zarur vositalar mavjud emas».

Armanistonda respublika Konstitusiyasiga muvofiq muddatidan oldin prezidentlik saylovlari fevral oyining o‘rtalarida o‘tkazilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!