Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan KXSHT sammiti yakunlari bo‘yicha deklarasiyani imzolashdan bosh tortdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan KXSHT sammiti yakunlari bo‘yicha deklarasiyani imzolashdan bosh tortdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon chegarasidagi vaziyatga aniq siyosiy baho berilmagani KXSHT o‘zining ittifoqchilik majburiyatlaridan voz kechishini anglatishi va Boku tomonidan Yerevanga tajovuz qilish uchun yashil chiroq sifatida talqin qilinishi mumkin.

Pashinyan barcha masalalar bo‘yicha konsensusga erishishning imkoni yo‘qligini, biroq «17 ta qarordan 15 tasi qabul qilinganini» ta’kidladi.

Rossiya Federasiyasi Prezidentining matbuot kotibi Peskov, o‘z navbatida, Armaniston KXSHT tarkibida qolishini ta’kidladi: «Hammasi kelishib olinmaganiga qaramay, sammit KXSHTning dolzarbligi va hayotiyligini tasdiqladi».

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjonga tinchlik bo‘yicha kelishuvga erishishga yordam berish kerak va barcha manfaatdor tomonlar buning uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!