“Ark qo‘rg‘oni”ning 100 yil oldin vayron qilingan qismlari qayta tiklanadi

“Ark qo‘rg‘oni”ning 100 yil oldin vayron qilingan qismlari qayta tiklanadi

Buxoro dunyo madaniyatining eng qadimiy manzillaridan biri ekani hech kimga sir emas. Viloyatdagi 829 ta madaniy yodgorlikning 287 tasining tarixi ming yilliklarga borib taqaladi. Shu bois, Buxoroda turizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Natijada xorijiy va mahalliy turistlar soni 5 million nafarga, eksport hajmi 600 million dollarga yetkaziladi.

Yaqinda YUNESKO tomonidan Buxoroning yana 7 ta qadimiy obidasi Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. Ularni hamda viloyatdagi yana 800 dan ziyod tarixiy boyligimiz bo‘lgan madaniy ob’ektlarni birma-bir restavrasiya qilishni boshlaymiz. Bunga dastlab 300 milliard so‘m ajratilib, mahalliy va xorijiy olimlar, restavratorlar va boshqa eng nufuzli mutaxassislar jalb qilinadi. Ayniqsa, “Ark qo‘rg‘oni”ning bundan 100 yil oldin vayron qilingan qismlari qayta tiklanadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!