Argentinada shifokorlar o‘tirgan samolyot qulab tushdi

Argentinada shifokorlar o‘tirgan samolyot qulab tushdi

Argentinaning Olovli Yer viloyatida bortida shifokorlar bo‘lgan Learjet 35 samolyoti havoga ko‘tarilayotganda qulab tushdi. Halokat oqibatida ikki uchuvchi, vrach va tibbiy hamshira halok bo‘ldi, deb xabar tarqatdi Telam agentligi.

"Rio-Grande shahri aeroportida tibbiy samolyot halokatga uchradi. Ikki uchuvchi, shifokor va vrach halok bo‘ldi", - deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.

Flying América SA kompaniyasiga qarashli bort Olovli Yer viloyati poytaxtiga bolali ayolni tashlab, yana Buenos-Ayresga qaytayotgan bo‘lgan.

Ayni paytda Argentinaning transportda xavfsizlik bo‘yicha Kengashi fojea sabablari o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!