Argentina vise-prezidenti Angliya futbolchilarini “qaroqchilarning avlodlari” deb atadi

Argentina vise-prezidenti Angliya futbolchilarini “qaroqchilarning avlodlari” deb atadi

Viktoriya Vilyarruel 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finali doirasida bo‘lib o‘tadigan Angliya – Argentina uchrashuvi oldidan keskin bayonot bilan chiqdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida inglizlarni “qaroqchilarning avlodlari” dedi.

"Biz qaroqchilarning avlodlariga qarshi maydonga tushamiz. Bu shunchaki navbatdagi o‘yin emas. Men siyosiy jihatdan to‘g‘ri gapirishga yoki o‘zimni tiyib turishga urinmayman: inglizlarga qarshi bahs har doim futboldan ham kattaroq ma’no kasb etadi. Bu Malvina orollari, bu Diyego Maradona, bu Leo Messining so‘nggi jahon chempionati va bu bosqinchilarni to‘xtatish imkoniyati. Olg‘a, Argentina! Biz so‘nggi nafasimizgacha o‘z haqqimizni talab qilamiz", deb yozdi Vilyarruel.

Ma’lumot uchun, 1982 yilda Buyuk Britaniya va Argentina Folklend (Malvin) arxipelag uchun urush olib borgan. Qurolli mojaro oqibatida 649 nafar argentinalik va 255 nafar britaniyalik harbiy halok bo‘lgan.

Ushbu futbol o‘yini arafasida AQSh Federal qidiruv byurosi (FBI), FIFA hamda mahalliy polisiya vakillari qo‘shma yig‘ilish o‘tkazib, tarixiy raqobat va muxlislar o‘rtasida ehtimoliy to‘qnashuvlar xavfi sababli o‘yinni “eng yuqori xavf” toifasiga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер