Argentina ustidan g‘alaba munosabati bilan Saudiya Arabistonida dam olish kuni e’lon qilindi

Argentina ustidan g‘alaba munosabati bilan Saudiya Arabistonida dam olish kuni e’lon qilindi

Qatarda o‘tayotgan JCH-2022 1-turi doirasida Saudiya Arabistoni Argentina ustidan sensasion g‘alabaga (2:1) erishgach, mamlakatda dam olish kuni e’lon qilindi.

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz Ol-Saud futbol bo‘yicha milliy jamoaning muhim g‘alabasi munosabati bilan mamlakatda ertaga, 23 noyabr, chorshanbani dam olish kuni deb e’lon qildi.

Unga ko‘ra, barcha davlat va xususiy tashkilot xodimlari, talaba va maktab o‘quvchilari dam olishadi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina ustidan qozonilgan g‘alaba Saudiya Arabistoni milliy jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi 4-g‘alabasiga aylandi. Bu orqali JCH-2022 g‘olibligiga da’vogar sifatida e’tirof etilgan Argentinaning 36 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!