Argentina bosh murabbiyi Skaloni Messi qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Argentina bosh murabbiyi Skaloni Messi qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni jamoa sardori va yetakchi hujumchisi Lionel Messining futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

«U o‘zi xohlagan ekan, u eng yaxshilardan bo‘lib qolaveradi. Albatta, 50 yoshida emas, lekin istagi bor ekan, u baribir eng yaxshi bo‘ladi. Uning 23–24 yoshda, “Barselona”da o‘ynagan davrini tasavvur ham qila olmayman. Biz bu haqda tez-tez gaplashib turamiz. O‘ylaymanki, u maydonda qolishni istar ekan, doim eng yaxshilar safida bo‘ladi», — deya Skalonining so‘zlarini Mundo Deportivo nashri keltiradi.

Lionel Messi o‘z faoliyatida oltinchi bor jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Joriy musobaqada u sakkizta gol bilan to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, u qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega yo‘l berayapti. Shu bilan birga, Messi jahon chempionatlarida urilgan gollar soni bo‘yicha ham yangi rekord o‘rnatdi — uning hisobida endilikda 21 ta gol bor.

Chorak finalda Argentina Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 12 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yin boshlanish vaqti — Toshkent vaqti bilan soat 06:00.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Olimlar Yer aholisi sonini bosqichma-bosqich kamaytirish g‘oyasini ilgari surdi

Айрим мутахассислар муаммо аҳоли сонида эмас, балки ресурсларнинг адолатсиз тақсимланишида эканини таъкидламоқда.

Yuliya Mendel Zelenskiyni yolg‘on va’dalar va hokimiyatda qolish uchun urushdan foydalanishda aybladi

Собиқ матбуот котиби Зеленскийни "Украинанинг асосий муаммоси" ва урушнинг "асосий бенефициари" деб атади.