AQShning Yaqin Sharqdagi tashqi siyosati Isroil manfaatlariga xizmat qilmasligi kerak
AQShning Yaqin Sharqdagi tashqi siyosati Isroil manfaatlariga xizmat qilmasligi kerak — Jey Di Vens.
AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens All-In Podcast efirida Vashington va Tel-Aviv barcha masalalarda bir xil pozisiyada bo‘lishi shart emasligini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat manfaatlari bir-biriga mos kelmaydigan holatlarda Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan kelishmovchilikka borishga tayyor.
Vens Isroil AQShning harbiy texnologiyalar va razvedka sohasidagi muhim hamkori bo‘lib qolayotganini ta’kidladi. Biroq u NATO bilan qiyos qilib, ittifoqchilarning mavjudligi Vashington siyosati boshqa davlatlar manfaatlari asosida belgilanishi kerak degani emasligini aytdi.
Eron masalasiga to‘xtalar ekan, vise-prezident AQSh Tehronning yadroviy dasturi va harbiy salohiyatini sezilarli darajada zaiflashtirishga muvaffaq bo‘lganini bildirdi.
