AQShning sobiq prezidenti sudda yutqazib qo‘ydi

AQShning sobiq prezidenti sudda yutqazib qo‘ydi

AQShning sobiq Prezidenti Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun 110 ming dollar jarima to‘ladi. Bu haqda Nyu-York shtati bosh prokuraturasii xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Tramp o‘zini kuniga 10 ming dollar jarima to‘lashga majburlagan sud qarorini yangilamaslik uchun “qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishi kerak”.

Nyu-York bosh prokurori Tramp prokuratura talabi va sud qaroriga qaramay, davom etayotgan tergov doirasida undan so‘ralgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganidan shikoyat qilgan. Sud Trampni sudga hurmatsizlik qilgani uchun har kuni 10 000 dollar to‘lashga majbur qilgan.

Keyinchalik, sobiq Prezident himoyasi so‘ralgan hujjatlarning bir qismini prokuraturaga taqdim etganidan so‘ng, bu qaror to‘xtatilgan. Shu bilan birga, sud aprel oyining oxiridan beri to‘plangan jarima miqdorini — 110 ming dollarni to‘lashga majbur qilgan.

2021 yil iyul oyida Trump Organization va uning bosh moliyaviy direktori Allen Vaysselberg soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, firibgarlik, mablag‘larni o‘zlashtirish va qalbakilashtirishda ayblangan. Tergovchilar, shuningdek, uzoq vaqt davomida Vaysselbergdan Trampga qarshi ishlatilishi mumkin bo‘lgan dalillarni olishga harakat qilgan. Sobiq Prezidentga hozircha ayblov qo‘yilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!