AQShning Rossiyadagi elchixonasi sayti bloklanishi lozim — deputat

AQShning Rossiyadagi elchixonasi sayti bloklanishi lozim — deputat

Rossiya Davlat dumasi deputati Biysulton Hamzayev AQShning Rossiyadagi elchixonasi saytini bloklashga chaqirdi. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.

«Biz Rossiyada bunday resurslarni yo‘q qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni davom ettirishimiz kerak. Men AQShning Rossiyadagi elchixonasi saytiga e’tibor bergan bo‘lardim. Ko‘p sonli obunachilarim u yerda diplomatik missiya ma’murlari e’lon qilayotgan ma’lumotlarni keskin tanqid qiladilar. Ayniqsa, rus tilida», - dedi u va bunday resurslarni Rossiyaga dushman deb bilishini aytdi.

Shu munosabat bilan parlamentariy mamlakatdagi Amerika elchixonasi veb-saytini bloklashni zarur deb hisobladi. Deputatning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu masala yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va Roskomnadzorga so‘rov bilan murojaat qilmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!