AQShning real hayotdagi “Kapitan Amerika”si rafiqasining ko‘z o‘ngida o‘z jonga qasd qildi

AQShning real hayotdagi “Kapitan Amerika”si rafiqasining ko‘z o‘ngida o‘z jonga qasd qildi

AQSh Maxsus harbiy-havo kuchlarining katta serjanti, "Kapitan Amerika" laqabli Endryu Kristian Markesano rafiqasining ko‘z o‘ngida o‘z joniga qasd qildi, deb xabar beradi “FoxNews”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, harbiy Afg‘onistonda olti marotaba va boshqa shu kabi qaynoq nuqtalarda bo‘lgan. Yaqinda Pentagonda ishlashni boshlashi kerakligi uchun Vashingtonga ko‘chib o‘tgan. U bilan birga ishlagan do‘stlari Markesanoga qilgan jasurliklari uchun "Kapitan Amerika" deb laqab qo‘yishgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Endryu Afg‘onistonga qilgan safarlaridan keyin ruhiy jihatdan tiklana olmagan.

Xabarga ko‘ra, Markesano 6 iyul kuni sobiq qo‘mondoni bilan tushlikdan qaytgach, o‘z joniga qasd qilgan bo‘lib, bu 2-508 batalyonining jangchilari orasida o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha o‘ttizinchi holatdir.

Qayd etilishicha, marhum 34 yoshli Markesanoning 3 farzandi bo‘lib, "Kumush yulduz" medali bilan taqdirlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!