AQShning birinchi xonimi Ukrainaga kelib, Zelenskaya xonim bilan uchrashdi

AQShning birinchi xonimi Ukrainaga kelib, Zelenskaya xonim bilan uchrashdi

AQSh birinchi xonimi Jill Bayden kutilmaganda Ukrainaga tashrif buyurdi va Ukraina birinchi xonimi Yelena Zelenskaya bilan uchrashdi. Jill Bayden Ujgoroddagi maktabga tashrif buyurdi, u harbiy harakatlar tufayli uyini tashlab ketgan ukrainaliklarni vaqtinchalik qabul qilish markazi hisoblanadi, deb xabar bermoqda Reuters.

Ayni damda boshpanada 163 kishi bo‘lib, ulardan 47 nafari bolalardir, deya ma’lum qildi AQSh birinchi xonimining matbuot xizmati. Ilgari uning tashrifi e’lon qilinmagandi.

“Men onalar kunida kelmoqchi edim. O‘ylaymanki, Ukraina xalqiga bu urush to‘xtatilishi kerakligini, bu shafqatsiz urush ekanligini va AQSh fuqarolari Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatish muhim”, — dedi Jill Bayden Yelenaga.

Matbuot anjumanidan so‘ng birinchi xonimlar alohida suhbat o‘tkazdi va maktabda istiqomat qiluvchi ukrainaliklar bilan ham uchrashdi.

Jill Bayden Ujgorodda ikki soatcha vaqt o‘tkazdi. Kecha, 8 may kuni u Ruminiya va Slovakiyada Ukrainadan kelgan qochqinlar bilan uchrashdi, shuningdek, Buxarestdagi maktabga tashrif buyurdi, u yerda hozirda ukrainalik qochqinlar bolalari o‘qimoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!