AQShning Afg‘oniston va Iroqdagi mag‘lubiyati yangi urushlar va yangi mag‘lubiyatlarga sabab bo‘ladi — Bashar Asad

AQShning Afg‘oniston va Iroqdagi mag‘lubiyati yangi urushlar va yangi mag‘lubiyatlarga sabab bo‘ladi — Bashar Asad

Suriya prezidenti Bashar Asadning aytishicha, AQShning Afg‘oniston va Iroqdagi mag‘lubiyati yangi urushlar va yangi mag‘lubiyatlarga sabab bo‘ladi. Siyosatchi zobitlar, Suriya armiyasi oliy qo‘mondonligi va shtab-kvartirasi bitiruvchilari bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“AQShning Afg‘oniston va Iroqdagi mag‘lubiyatidan so‘ng yangi urushlar va mag‘lubiyatlar bo‘lishini taxmin qilishimiz kerak”, dedi u.

Asadning aytishicha, 2011 yildan beri Suriya urushda o‘n minglab qurbon va yaradorlarni yo‘qotgan, ammo unga qarshi “siyosiy urush” “an’anaviy urushdan ham xavfliroq”. Biroq, armiya xalqning o‘z himoya kuchiga ishonchi tufayli omon qoldi, deya qo‘shimcha qildi prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat departamenti AQSh prezidenti Jo Baydenning Afg‘onistondagi operasiyalarini to‘xtatgani yuzasidan tekshiruv boshlagani xabar qilingandi. Tekshiruv afg‘onlarning Qo‘shma Shtatlarga qochqin sifatida kirishiga ruxsat olish va ularni joylashtirish, shuningdek, Kobuldagi Amerika elchixonasini favqulodda evakuasiya qilish, shu jumladan AQSh fuqarolari va afg‘onlarni evakuasiya qilish bilan bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!