AQShlik aktyor mehmonxonada o‘lik holda topildi

AQShlik aktyor mehmonxonada o‘lik holda topildi

Amerikalik qiziqchi va aktyor Bob Saget Orlandodagi Ritz-Carlton mehmonxonasi xonasida o‘lik holda topildi. Bu haqda 10 yanvar kuni Florida shtatining Orinj okrugi sherif boshqarmasi tvitterda ma’lum qildi.

65 yoshli aktyorning jasadini mehmonxona xodimlari topishgan. Ta’kidlanishicha, tergovchilar zo‘ravonlik yoki giyohvand moddalarni iste’mol qilish alomatlarini aniqlamagan. Voqea tafsilotlariga sud-tibbiyot ekspertizasi aniqlik kiritadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!