AQShda soqchilar mahbusni o‘ldirib qo‘ydi

AQShda soqchilar mahbusni o‘ldirib qo‘ydi

AQShning Bruklin federal qamoqxonasida mahbus Jamol Floyd qamoqxona ma’murlari unga qarshi qalampir purkagich ishlatganidan so‘ng vafot etdi, deb xabar beradi New York Post qamoqxona byurosining bayonotiga tayanib.

Qamoqxona byurosi vakilining so‘zlariga ko‘ra, 3 iyun, chorshanba kuni ertalab soat 10 larda (Toshkent vaqti bilan soat 7.00 atrofida) mahbus Jamol Floyd kamera oynasini metall buyum bilan urib sindirgan, shu sababli soqchilar qalampir purkagichidan foydalanishgan, shundan so‘ng Floyd hushini yo‘qotgan.

Tibbiy xodimlar avval unga birinchi yordam ko‘rsatishga harakat qilishdi, keyin Floyd mahalliy kasalxonaga yetkazildi. So‘ng kasalxonada vafot etdi. O‘limning aniq sabablari hanuzgacha aniqlanmoqda, deya qayd etadi gazeta.

"FQB va AQSh sud ijrochilari xizmati xabardor qilindi. Xodimlar va boshqa mahbuslardan hech kim jabrlanmadi", — dedi byuro.

Ma’lumot uchun, Minneapolisda afro-amerikalik Jorj Floyd polisiyachining aybi bilan vafot etgach, norozilik namoyishlari boshlangandi. Keyinroq bu namoyish AQShni qamrab oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!