AQShda koronavirusga chalinganlar soni 3 milliondan oshdi

AQShda koronavirusga chalinganlar soni 3 milliondan oshdi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 8 iyulga kelib 3009611 nafarga yetgan, ulardan 131594 kishi vafot etgan, 936476 kishi sog‘ayib ketgan. 

Mamlakat bo‘yicha eng ko‘p kasallanganlar Nyu-York shtatida qayd qilingan – 398237 nafar. Bu borada keyingi o‘rinlarda Kaliforniya (284139 kasallangan), Florida (223783) va Texas (216026) shtatlari turibdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda pandemiya bilan bog‘liq falokatli vaziyatga qaramay, kuzda mamlakatda barcha umumta’lim maktablari ochilishini talab qilmoqda. Trampning ta’kidlashicha, Oq uy kerak bo‘lsa, buni qilishni istamaydigan shtatlar gubernatorlariga bosim o‘tkazadi.

Ayni vaqtda AQSh koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinda turibdi. Keyingi o‘rinlarni katta farq bilan Braziliya (1,68 mln kasallangan), Hindiston (768 ming) va Rossiya (700 ming) egallamoqda. 

Eslatib o‘tami, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 12 mlndan oshdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!