AQShda koronavirus qurbonlari 4000 nafardan oshib ketdi

AQShda koronavirus qurbonlari 4000 nafardan oshib ketdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida koronavirus qurbonlari soni 4 mingdan oshdi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning umumiy soni 4079 kishini tashkil etdi.

Avvalroq, 1 aprel kuni AQSh rasmiylari taxminlarini aytishgandi: epidemiyaning cho‘qqisi 15 aprel kuni bo‘lib, unda kuniga ikki mingdan ortiq odam nobud bo‘lishi mumkin. Oq uy ma’lumotlariga ko‘ra, vaziyat yaxshi bo‘lsa, AQShda 100 dan 220 minggacha va yomon bo‘lsa 1,5 dan 2,2 milliongacha odam nobud bo‘ladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!