AQShda Jo Bayden prezidentligining 37 kuni mobaynida 50 mln kishi COVID-19’ga qarshi emlandi

AQShda Jo Bayden prezidentligining 37 kuni mobaynida 50 mln kishi COVID-19’ga qarshi emlandi

 

AQSh fuqarolari aholini emlash jadvalidagi rejadan bir necha hafta oldinroq 50 million dozada COVID-19 vaksinasini qabul qildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Jo Bayden ma’lum qildi, deb yozmoqda «Interfaks».

«Bugun men allaqachon yo‘lning yarmiga kelganimiz haqida xabar bergani keldim. Prezidentlik faoliyatini boshlaganimdan beri 37 kun ichida ellik million aholi emlandi. Reja hatto so‘nggi kunlardagi sovuq bo‘ronlar oqibatida yuz bergan ko‘ngilsizliklarga qaramay, muddatidan bir necha hafta oldinroq bajarildi», — dedi Bayden.

Bayden prezidentlik lavozimiga kirishgan payt birinchi 100 kun ichida 100 million amerikalikni emlashni maqsad qilgan edi.

Uning ta’kidlashicha, qancha ko‘p odam emlansa, pandemiyani shuncha tezroq yengiladi.

«Butun Amerika aholisini emlash bo‘yicha biror aniq reja taqdim etmagan avvalgi ma’muriyatdan qolgan betartibliklarga qaramay, biz to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilmoqdamiz», — dedi AQSh prezidenti.

Shunga qaramay, Bayden amerikaliklarni bo‘shashmaslikka chaqirdi.

«Virusning yangi turlari paydo bo‘lishi bilan kasallikni yuqtirish va kasalxonaga yotqizishlar takrorlanishi mumkin. Hozir e’tiborsizlik qiladigan vaqt emas. Qo‘llar tozaligini nazorat qilib, masofa saqlashimiz va niqob taqishimiz kerak», — dedi u.

Avvalroq Bayden mamlakatda COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda holat rejimi uzaytirilganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 23 fevral kuni Qo‘shma Shtatlarda koronavirus qurbonlari soni 500 ming kishidan oshdi. Shu munosabat bilan Bayden vafot etganlar uchun motam belgisi sifatida butun mamlakat bo‘ylab besh kunga bayroqlarni tushirishni buyurdi.

AQShda koronavirusdan vafot etganlar soni Birinchi va Ikkinchi jahon urushi hamda Vyetnam urushi paytida halok bo‘lganlarning umumiy sonidan oshib ketgan.

The New York Times 21 fevral kungi sonining birinchi sahifasida koronavirus qurbonlari sonini anglatuvchi 500 mingta nuqtadan iborat grafik tasvirini chop etdi. Tasvir qurbonlar sonining o‘sish «tezligini» aks ettiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!