AQShda dunyodagi eng yupqa mato yaratildi

AQShda dunyodagi eng yupqa mato yaratildi

Bor-yo‘g‘i bir necha nanometr qalinlikka ega mato yaratishgan AQShning Massachusets texnologiya instituti olimlari Ginnesning rekordlar kitobiga kirishdi.

“Nature” nashrining ma’lum qilishicha, mato odam sochidan ham o‘nlab marta ingichkadir.

Ta’kidlanishicha, mato ip ko‘rinishli molekulalardan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida uglerod, vodorod, kislorod, azot va oltingugurt atomlarining birikmasini tashkil etadi. Bir-biriga perpendikulyar ravishda bog‘langan iplar tarkibidagi metall atomlari hamda salbiy ionlar esa ularning uzilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Olimlarning aniqlik kiritishlaricha, matoning qalinligi 4 nanometr ( 1 nanometr – 1 metrning milliarddan bir qismi), zichligi esa har kvadrat santimetr uchun 15 dan 25 million ipgachadir.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mato individual polimer iplardan ikki baravar kuchlidir.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu matodan molekulyar "elak" sifatida foydalanish mumkin. Zero, u katta hajmni saqlagan holda, kichik molekulalarning o‘tishiga imkon beradi va ehtimolki, suvni yoki boshqa moddalarni yanada sifatli tozalash uchun foydali bo‘la oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!