AQShda antiqa sinov: 18 tonnali aviatashuvchi kemada bomba portlatildi (+video)

AQShda  antiqa sinov: 18 tonnali aviatashuvchi kemada bomba portlatildi (+video)

Amerika harbiylari Florida sohillari yaqinida Jerald Ford (CVN 78) aviatashuvchi kemasini sinovdan o‘tkazish uchun portlash uyushtirdi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, sinov sohildan 161 kilometr uzoqlikda o‘tkazilgan.

Og‘irligi 18 tonnali bombaning portlashi 3,9 magnitudali zilzila kuchiga teng bo‘ldi, deb ma’lum qildi AQSh geologiya xizmati.

AQSh harbiy-dengiz flotining xabariga ko‘ra, aviatashuvchi kema bomba portlashiga dosh berib, sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!