AQShda 85 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

AQShda 85 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

AQShning Viskonsin shtatida shtatlararo trassada 85 ta avtomobil to‘qnashib ketdi. Oqibatda 27 kishi jabrlandi.

NBC News xabariga ko‘ra, hodisa Jeysnvill va Beloyt shaharlari o‘rtasida sodir bo‘lgan. 85 ta avtomobil to‘qnashishi oqibatida Beloit Memorial kasalxonasiga kamida 27 kishi jarohat olgan holda yotqizilgan. Hozirda ularning hayoti xavf ostida emas.

Ma’lum qilinishicha, halokatga qor va muz sabab bo‘lgan.

Amerikalik sinoptiklarning ma’lum qilishicha, endilikda ob-havo sharoiti yanada yomonlashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!