AQShda 7 yoshli bolakay zo‘rlashda ayblanmoqda

AQShda 7 yoshli bolakay zo‘rlashda ayblanmoqda

Nyu-York shtatida yetti yoshli bola zo‘rlashda ayblandi. Bu haqda mahalliy WWNY manbasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari sodir etilgan jinoyat tafsilotlarini oshkor qilmadilar. Ularning aniqlik kiritishicha, 23 mart kuni bolaga uchinchi darajali zo‘rlash ayblovi qo‘yilgan.

Hodisa yuzasidan tergov davom etmoqda.

Advokat Entoni Markoni ayblovlarni bema’ni deb atadi, chunki bu yoshdagi bola nima qilayotganini tushuna olmaydi.

"Ular buni aslida jismoniy qilganligini isbotlashlari kerak bo‘ladi. Bu menga deyarli imkonsizdek tuyuladi", - dedi Markoni.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!