AQShda 59 ta Xitoy kompaniyasi qora ro‘yxatga kiritildi

AQShda 59 ta Xitoy kompaniyasi qora ro‘yxatga kiritildi

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakat xavfsizligiga «putur yetkazayotgan» oltmishga yaqin Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritishni taqiqlovchi farmonni imzoladi, deb bxabar berdi Oq uy matbuot xizmati.

Taqiq 2021 yil 2 avgustdan boshlab kuchga kiradi. Qora ro‘yxatga kiritilgan kompaniyalar orasida dunyodagi eng yirik telekommunikasion kompaniyalaridan biri bo‘lgan Huawei, mikroelektronika ishlab chiqaruvchisi SMIC, samolyot ishlab chiqaruvchisi AVIC ham bor.

Qayd etilishicha, ushbu farmon «Amerikalik har qanday shaxsga birjada sotiladigan har qanday qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki sotib olishda ishtirok etishni taqiqlaydi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!