AQSh yana to‘rtta davlat uchun viza tizimini bekor qilmoqchi

AQSh yana to‘rtta davlat uchun viza tizimini bekor qilmoqchi

AQSh yana uchta Yevropa davlati va Isroil bilan vizasiz sayohat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSh ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas ma’lum qildi, deya xabar beradi Reuters 27 oktyabr, chorshanba kuni.

Fevral oyida Mayorkas ichki ishlar bo‘yicha Yevropa komissari Ilva Yoxansson bilan suhbatlashdi. Keyin suhbatdoshlar "vizani bekor qilish dasturiga qo‘yiladigan talablarni qondirish uchun Bolgariya, Xorvatiya, Kipr va Ruminiya bilan hamkorlik qilishdan doimiy qiziqish bildirdilar".

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorvatiya AQShda vizasiz sayohat huquqini olgan edi. Endi xorvatlar AQShga 90 kungacha vizasiz kirishlari mumkin. Qo‘shma Shtatlar bu qarorni "umumiy iqtisodiy va xavfsizlik manfaatlarini tan olish" deb atadi.

Sayohat uyushmasi bosh direktori Rojer Dou xorvatlar uchun vizaning bekor qilinishi AQSh iqtisodiyotiga 100 million dollar foyda keltirishini aytdi.

"Har safar ushbu mamlakatlardan birini qo‘shsangiz, sayohat davom etadi", deydi Dou.

Eslatib o‘tamiz, AQShga vizasiz sayohat qilish uchun mamlakat terrorizmga qarshi kurash, huquqni muhofaza qilish, immigrasiya nazorati, hujjatlar xavfsizligi va chegaralarni boshqarish bilan bog‘liq talablarga javob berishi kerak. Ayni paytda AQSh dasturiga 40 ta davlat kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!