AQSh va Yevropa Ukrainadan bug‘doy va makkajo‘xori eksport qilish yo‘llarini qidirmoqda

AQSh va Yevropa Ukrainadan bug‘doy va makkajo‘xori eksport qilish yo‘llarini qidirmoqda

AQSh rasmiylari yevropalik hamkorlar bilan birgalikda Ukrainadan jahon bozorlariga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan bug‘doy va makkajo‘xori eksporti yo‘nalishlarini ishlab chiqmoqda, deb xabar bermoqda CNN manbalarga tayanib.

Manbalarga ko‘ra, Vashington va Yevropa poytaxtlari rasmiylari temir yo‘l, dengiz va havo yo‘llari kabi "keng imkoniyatlarni" o‘rganmoqda. Manbalar ta’kidlaganidek, ssenariylar "Rossiya pozisiyasini hisobga olmagan holda" ishlab chiqilmoqda.

Bu masala chorshanba va payshanba kunlari Nyu-Yorkda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken ishtirokida bo‘lib o‘tadigan vazirlar muhokamalarida asosiy masalalardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, telekanal manbalaridan biri “har qanday kelishuvga erishish uchun hali uzoq yo‘l” ekanligini ta’kidladi.

Avvalroq BMT Jahon oziq-ovqat dasturi vakili Tomson Piri Ukrainadagi vaziyat oziq-ovqat narxining oshishi va dunyoda ocharchilikka olib kelishi mumkinligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!