AQSh o‘zbekistonliklarning viza uchun bergan arizalarining 47 foizini rad etdi

AQSh o‘zbekistonliklarning viza uchun bergan arizalarining 47 foizini rad etdi

2022 yilda AQShning Toshkentdagi elchixonasi murojaat qilgan O‘zbekiston fuqarolarining 47,04 foiziga «B» toifali vizalar (sayyohlik va biznes vizalari) berishni rad etgan.

Bu o‘zbekistonliklarning 45,98 foiziga viza berilmagan 2021 yildagi raqamlarga qaraganda yomonroq ko‘rsatkich, ammo pandemiya boshlangan 2020 yil (74,14 foiz) va 2019 yil yildagidan (68,06 foiz) yaxshiroq hisoblanadi.

2022 yil yakuniga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida O‘zbekiston vizani rad etish bo‘yicha Tojikistondan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Tojikistonda 57% holatda ruxsatnoma berilmagan.

Qirg‘izistonda rad etishlar ulushi 37,85 foizni, Qozog‘istonda 44,02 foizni, Turkmanistonda esa 35,69 foizni tashkil etdi.

MDHning boshqa davlatlarida esa vizalar kamroq rad etilgan: Ozarbayjonda — 23,54%, Belarusda — 26,05%, Rossiyada — 26,18%, Armanistonda — 37,87%, Ukrainada — 41,27% (o‘tgan yili 15,15% edi).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!