AQSh urib tushirilgan dron noto‘g‘ri qo‘llarga tushmasligi uchun choralar ko‘rmoqda - Kirbi

AQSh urib tushirilgan dron noto‘g‘ri qo‘llarga tushmasligi uchun choralar ko‘rmoqda - Kirbi

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi so‘zlovchisi Jon Kirbining CNN telekanaliga aytishicha, Qo‘shma Shtatlar seshanba kuni Qora dengizga qulagan MQ-9 Reaper noto‘g‘ri qo‘llarga tushib qolmasligi uchun «qadamlar ko‘rdi».

«Biz, albatta, bizdan boshqa hech kim bunga erishishini xohlamaymiz», dedi Kirbi.

Avvalroq Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder halokatga uchragan dron rossiyalik harbiylar qo‘lida emasligini ma’lum qilgandi.

Avvalroq Rossiyaning harbiylarga xayrixoh telegram kanallarida audioyozuv paydo bo‘lgan edi, unda ba’zi odamlar qulagan dron qoldiqlarining bir qismini pastdan ko‘tarish borasida rus tilida qanday muzokara olib borayotganini eshitishingiz mumkin. Xususan, «ichki yonuv dvigatelining korpusini» ko‘tarish mumkin bo‘lgani da’vo qilingan. Bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.

AQSh rasmiylari voqea aks etgan tasvirlarni e’lon qilishga va’da berishdi, ammo bu fotosuratlar yoki videolar ekanligi hali aniq emas.

AQSh o‘zining MQ-9 Reaper razvedkachi uchuvchisiz samolyoti Qora dengizning neytral qismida osmonda Rossiyaning Su-27 qiruvchisi bilan to‘qnashib ketgan va keyin suvga qulagan. Rossiya Mudofaa vazirligi to‘qnashuvni inkor etib, dron anneksiya qilingan Qrim tomon o‘chirilgan transponderlar bilan uchganini da’vo qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!