AQSh Ukrainaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Ukrainaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Ukrainaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Karin Jan-Pyer ma’lum qildi.

«Ha, qo‘llab-quvvatlaymiz», — deb javob berdi Jan-Pyer Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaning NATOga qo‘shilishi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashi to‘g‘risidagi savolga.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydendan Ukrainaning NATOga kirishida yordam berishini so‘ragandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyansga a’zo bo‘lish Donbassdagi nizoni hal qilishning yagona yo‘li bo‘ladi.

16 aprel kuni Zelenskiy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan Ukrainaning NATOga a’zolik masalasini muhokama qilganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!