AQSh Ukrainaga urush jinoyatlarini tergov qilishda yordam berish niyatida

A A A
AQSh Ukrainaga urush jinoyatlarini tergov qilishda yordam berish niyatida

AQSh Bosh prokurori Merrik Garland kecha e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi.

New York Times gazetasining yozishicha, Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova bilan uchrashuvi chog‘ida rossiyaliklarni harbiy jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish mavzusi asosiy o‘rin egalladi.

U Ukrainadagi harbiy jinoyatlar va boshqa vahshiyliklarga aloqador shaxslarni aniqlash, hibsga olish va jinoiy javobgarlikka tortishda Ukrainaga yordam berish bo‘yicha AQSh va xalqaro sa’y-harakatlarni muhokama qilish niyatida, dedi gazetaga Bosh prokuror Entoni D.Kolining matbuot kotibi.

Xabar qilinishicha, amerikaliklar Ukrainadagi prokurorlarga texnik, sud-tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!