AQSh Ukrainaga qancha harbiy yordam ko‘rsatganini ochiqladi

AQSh Ukrainaga qancha harbiy yordam ko‘rsatganini ochiqladi

AQSh Mudofaa vazirligi o‘z saytida Ukrainaga ko‘rsatilgan harbiy yordam haqida hisobot e’lon qildi.

Qayd etilishicha, AQSh Prezidenti Jo Bayden lavozimga kelgan kundan boshlab Vashington Kiyevga 6,3 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratgan bo‘lsa, joriy yil 24 fevralda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin 5,6 milliard dollar bergan.

Jumladan, 1400 dan ortiq Stinger portativ zenit-raketa tizimi, 700 dan ortiq Switchblade uchuvchisiz uchish apparatlari, 20 ta Mi-17 vertolyotlari, 126 ta 155 millimetrli gaubitsalar va 260 000 ta snaryadlar, shuningdek, 6,5 mingta Javelin tankga qarshi raketa tizimi va boshqa turdagi 20 mingdan ortiq tankga qarshi tizimlar Kiyevga jo‘natilgan.

Avvalroq, Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Vashington Kiyevga muntazam ravishda yangi yordam paketlarini taqdim etishda davom etishini aytgan edi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Kiyev vakillari o‘rtasidagi aloqalar Ukraina armiyasi ehtiyojlarini har bir aniq vaqt oralig‘ida qondirishga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!