AQSh Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordamni nazorat qiluvchi guruh tuzadi

AQSh Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordamni nazorat qiluvchi guruh tuzadi

AQSh Ukraina harbiy yordamdan qanday foydalanayotganini tekshirish uchun guruh tuzdi. Amerika harbiy yordami ustidan Mudofaa vazirligi bosh inspektori Robert Storch nazorat o‘rnatadi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.

18 oktyabrdan Storch Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga javoban NATO ittifoqini mustahkamlash maqsadida 2014 yilda Qo‘shma Shtatlar tomonidan boshlangan «Atlantic Resolve» operasiyasining bosh inspektori bo‘lib ishlaydi.

U AQSh harbiy yordami bo‘yicha «har tomonlama va samarali nazoratni ta’minlash» bilan shug‘ullanadi. Robert Storch Ukrainaga boradi Qo‘shma Shtatlarning Kiyevga xavfsizlik yordamini kuzatib boruvchi guruhni bevosita joyida boshqaradi.

2023 yil 6 avgust holatiga ko‘ra, AQSh tomonidan Ukrainaga berilgan umumiy yordam miqdori allaqachon 66,2 milliard dollarga yetgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!