Jo Bayden prezidentligining so‘nggi yilida AQSh Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni keskin kamaytirdi: noyabr oyiga kelib, Vashington Kiyevga va’da qilingan yordamning atigi yarmini o‘z qurol-aslaha zaxiralaridan ajratgani haqida Reuters agentligi Amerika va Ukraina manbalariga tayanib xabar berdi.
Sentyabrgacha yetkazib berish oyiga o‘rtacha 558 million dollarni tashkil etgan. Faqatgina 2024 yil oktyabridan 2025 yil 20 yanvarigacha, ya’ni prezident Donald Trampning qasamyod marosimigacha bo‘lgan davrda, oylik yordam ko‘rsatkichi 1,1 milliard dollarga yetdi. Biroq, yordamni keskin oshirish haqida gap bo‘lmadi - bu urushning dastlabki ikki yilida o‘rnatilgan daraja edi, xolos. Shu bilan birga, dekabr oyiga kelib AQSh Ukrainaga va’da qilingan zirhli texnikaning atigi 30 foizini yetkazib bergan.
2023 yil dekabr oyida Bayden AQShning "Ukrainaning urushdagi g‘alabasini" xohlashini aytgan edi. Biroq, Reuters xabar berishicha, Oq uy bu bayonot Vashingtonning 2014 yildan beri Rossiya tomonidan bosib olingan barcha hududlarni ozod qilishda Kiyevga yordam berishga tayyorligi bo‘yicha noreal umidlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda edi.
Agentlik manbalari ma’lum qilishicha, 2024 yilda Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berish bo‘yicha qarorlar bir necha oylik kechikishlar bilan qabul qilingan. Bunga nafaqat 60 milliard dollarlik paketni uzoq vaqt davomida tasdiqlamagan Kongressdagi to‘xtab qolishlar, balki Oq uydagi Rossiya bilan munosabatlarning keskinlashuvi xavfi va AQShda qurol-yarog‘ zaxiralari yetarliligi haqidagi ichki bahslar ham sabab bo‘lgan. Vaziyatni qurol-yarog‘ yetkazib berishni kuzatishning yaxshi tashkil etilmagan tizimi yanada murakkablashtirgan, chunki bir idora ikkinchisining faoliyati bilan tanish bo‘lmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Жорий йилнинг 4 февралида Статистика агентлиги «2024 йил декабр ойида ўтган йилнинг май ойига нисбатан ҳисобланган истеъмол нархлари индексидан келиб чиқиб, 2025 йил учун ҳисобланган минимал истеъмол харажатлари (МИХ) қиймати бир ойда киши бошига 669 минг сўмни ташкил этгани»ни маълум қилди.
Музокаралар томони ҳатто имзоланган келишувларни ҳам бажармаётган вазиятда Москва қандай ҳаракат қилиши керак?" деган саволга жавоб берар экан, Песков шундай деди...
Франция ва Британия аллақачон Украинага юборилиши мумкин бўлган 25 минг кишилик ҳарбий контингентни тўплаганини Олий Рада депутати Алексей Гончаренко маълум қилди.
Ушбу экспертиза хулосасида қайд этилишича, фуқаро Г.Х. ақлий заифлик енгил даражаси билан хасталанган ҳамда ҳуқуқбузарликни содир этган вақтда ўз ҳаракатларига жавоб бера олмаган.
Россиянинг Порт-Судан яқинида ҳарбий-денгиз базасини ташкил этиш режаси собиқ президент Умар ал-Башир давридан, 2019 йилдан бери ишлаб чиқилаётган бўлиб, дастлабки келишув 2020 йил ноябрда имзоланган.