AQSh Ukrainaga 150 km uzoqlikgacha uchadigan raketalar topshiradi — Reuters

A A A
AQSh Ukrainaga 150 km uzoqlikgacha uchadigan raketalar topshiradi — Reuters

Reuters agentligi AQSh rahbariyatidagi xabardor manbalarga tayanib, AQSh yaqin vaqt ichida Ukrainaga 150 kmgacha uchadigan raketalarni o‘tkazish niyatida ekanligini ma’lum qildi. AQShning Ukrainaga harbiy yordamining yangi paketi yuqori aniqlikda nishonga oluvchi Ground Launched Small Diameter Bomb (GLSDB) raketalarini o‘z ichiga oladi.

AQSh va Shvesiya tomonidan ishlab chiqilgan bu raketalar HIMARS qurilmalaridan uchiriladi va o‘nlab kilometr masofadagi harakatlanuvchi nishonlarga zarba bera oladi.

Shu paytgacha amerikaliklar va boshqa ittifoqchilar Ukraina armiyasiga yetkazib bergan raketalarning uchish masofasi 80 kilometrdan bir oz ko‘proq edi.

Shuningdek, Reuters xabariga ko‘ra, AQSh shu haftada 2,2 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi e’lon qiladi.‌‌


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!