AQSh Ukraina mojarosining uzoq davom etishini oldindan bilgan. Unda ikkita yo‘l bor...

AQSh Ukraina mojarosining uzoq davom etishini oldindan bilgan. Unda ikkita yo‘l bor...

Vashington Kiyevga harbiy yordamni oshirish orqali Rossiya muvaffaqiyatining oldini olishga, shu bilan birga joriy inqirozning jahon iqtisodiyoti va oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini yumshatishga urinayotgan bir paytda Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Ukrainadagi mojaroning cho‘zilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda The Washington Post o‘z manbalariga tayanib yozmoqda.

Amerika nashrining yozishicha, Kiyevni Rossiyaga chuqur zarba bera oladigan tobora takomillashtirilgan qurollar bilan ta’minlash qarori G‘arbning Rossiya bilan beixtiyor keskinlashuv xavfini o‘z zimmasiga olishga tayyorligini ko‘rsatadi. Qayd etilishicha, bunday qo‘llab-quvvatlash Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hukumatini xursand qilishi mumkin. Biroq, ekspertlar fikricha, Kiyev va uning tarafdorlari bu mojaroda boshi berk ko‘chaga kirib qolishadi.

AQShning NATOdagi sobiq doimiy vakili Ivo Daalderning aytishicha, mojaroning boshi berk ko‘chaga tushib qolgani AQShga qiyin tanlovni qo‘ymoqda: yo Ukrainaga yordam berishda va halokatli status-kvoni saqlab qolishda davom etadi, yoki qo‘llab-quvvatlashdan voz kechib, Moskvaga muvaffaqiyat qozonishiga imkon beradi.

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining ismini oshkor etmagan mulozimiga ko‘ra, Ukrainadagi voqealar boshlanishidan oldin ham Vashington global oqibatlarga olib keladigan uzoq davom etadigan mojaro ehtimolini ko‘rib chiqayotgandi. AQSh ma’muriyati Kiyevga qurol yetkazib berish, Rossiyani sanksiyalar va diplomatik izolyasiya qilish inqirozni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishga hissa qo‘shishiga umid qilmoqda, dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!