AQSh Ukraina energetika tizimini ta’mirlash uchun 125 million dollar ajratadi

AQSh Ukraina energetika tizimini ta’mirlash uchun 125 million dollar ajratadi

AP agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda bugun USAID agentligi (Xalqaro taraqqiyot agentligi) rahbari Samanta Pauer ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mablag‘lar Ukraina shaharlarining suv va issiqlik ta’minoti tizimlari uchun uskunalar, gaz turbinalari, transformatorlar va boshqa jihozlarni sotib olishga yo‘naltiriladi.

Samanta Pauerning ta’kidlashicha, bu mablag‘lar 2022 yil dekabrida AQSh Kongressi tomonidan ma’qullangan Ukrainaga yordam miqdoriga qo‘shimcha ravishda ajratiladi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Ukraina infratuzilmasiga bir qator zarbalaridan so‘ng mamlakat zarur bo‘lgan elektr energiyasining to‘rtdan bir qisminigina ishlab chiqara oladi. Shunga qaramay, bugun yozadi «Ukraina pravda»si, Kiyev va Odessa jadvalga ko‘ra, ertadan boshlab elektr ta’minotidagi favqulodda uzilishlardan rejalashtirilganiga qaytishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!