AQSh to‘liq emlangan xorijliklarga mamlakatga kirish uchun ruxsat berishni rejalashtirmoqda

AQSh to‘liq emlangan xorijliklarga mamlakatga kirish uchun ruxsat berishni rejalashtirmoqda

AQSh hukumati koronavirusga qarshi to‘liq emlangan xorijlik fuqarolargagina mamlakatga kirish uchun ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters, The New York Times, CNN va boshqa ommaviy axborot vositalari prezident Jo Bayden ma’muriyatidagi manbaga asoslanib xabar berdi.

Yangi qoidalarda AQShga kirish uchun COVID-19’ga qarshi emlanishi shart bo‘lmagan kishilar toifalarining ro‘yxati keltiriladi. Bu istisnolar nimadan iboratligi hozircha noma’lum, ammo ular ko‘p emasligi ta’kidlanmoqda.

Yangi qoidalar epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin kuchga kiradi. Ularni qachon joriy etish rejalashtirilgani noma’lum. Iyul oyi oxirida Oq uy delta shtammning dunyo bo‘ylab tarqalishi tufayli AQShga kirishdagi mavjud cheklovlar hozircha saqlanib qolishini aytgandi.

Hozir mamlakatga kelgan chet el fuqarolari ham, AQSh fuqarolari ham koronavirus testining salbiy natijasiga yoki COVID-19’ga qarshi emlanganlik sertifikatiga ega bo‘lishi lozim. AQShga quruqlik chegaralari orqali kirishga faqat «zarur safar» uchun ruxsat beriladi.

Qo‘shma Shtatlar so‘nggi ikki hafta ichida Xitoy, Eron, Hindiston, Braziliya, Janubiy Afrika, shuningdek Buyuk Britaniya, Irlandiya va Shengen hududida bo‘lgan chet elliklarning mamlakatga kirishini taqiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!