AQSh saylovlariga xorijdan turib aralashuvlar haqida ma’lumot bergan shaxsga 10 million dollar va’da qilindi

AQSh saylovlariga xorijdan turib aralashuvlar haqida ma’lumot bergan shaxsga 10 million dollar va’da qilindi

AQSh davlat departamenti mamlakatda bo‘layotgan saylovlarga xorijdan aralashuvlar bo‘layotgani haqida ma’lumot bergan shaxsga 10 million dollargacha mukofot va’da qildi.

AQSh tashqi siyosat idorasi matbuot xizmatining payshanba kuni tarqatgan xabarida shu haqda gap boradi.

"Mukofot Amerikada bo‘layotgan saylovlarga bilib yoki bilmay aralashgan istalgan xorijiy shaxs yoki xorijiy tashkilotning kimligi va qayerdaligini aniqlash imkonini beruvchi xabarni yetkazgan shaxsga beriladi", – deyiladi hujjatda.

Bundan tashqari, Amerika saylov jarayoniga xorijiy aralashuvning oldini olish imkonini beradigan ma’lumotni yetkazgan shaxs ham mukofotlanadi.

Amerika hukumati avval ham RFni AQSh saylovlariga hamda 2022 yil noyabrda bo‘lib o‘tadigan Kongress oraliq saylovlariga ta’sir qilishga urinishda ayblagan edi. O‘z navbatida, Moskva Oq uyning bu kabi ayblovlarini qat’iy inkor etib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!